07:51 / 07.10.2016
4129

Islandiya finlar ustidan g‘olib keldi, Xorvatiya Kosovani yirik hisobda yengdi

Foto: Getty Images

JCh-2018 saralash bosqichining Yevropa qit'asidagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda 2-tur doirasida I guruhi vakillari bahs olib borishdi. Unda Islandiya terma jamoasi o‘z maydonida finlarni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Xorvatiya jamoasi esa Kosova darvozasiga otita javobsiz to‘p yo‘lladi. Mario Manjukich xet-trik muallifi bo‘ldi. Matey Mitrovich, Ivan Perishich va Nikola Kalinich bittadan gol muallifi bo‘lishdi.

JM-2018 - Yevropa. I guruhi. 2-tur

Islandiya – Finlyandiya – 3:2

Gollar: Pukki, 21 (0:1); Arnason, 37 (1:1); Lod, 39 (1:2); Finnbogason, 90 (2:2); Sigurdsson, 90+5 (3:2).

Kosovo – Xorvatiya – 0:6

Gollar: Mandjukich, 6 (0:1); Mandjukich, 24 (0:2); Mandjukich, 35 (0:3); Mitrovich, 68 (0:4); Perishich, 83 (0:5); Kalinich, 90+2 (0:6).

 

manba:tribuna.uz

Mavzuga oid
Top