08:01 / 07.10.2016
5406

Ispaniya Italiyaning noyob rekordini to‘xtata olmadi

Foto: euro2016franta.ro

Italiya terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichlari doirasida o‘tkazilgan uy uchrashuvlarida hali biror marta ham "kuragi yerga tegmagan" jamoa bo‘lib kelmoqda. 6 oktabrda italiyaliklar 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Ispaniya terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang natija qayd qilishdi. 

Ispaniya 55-daqiqada Vitoloning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi, biroq  "skuadra adzurra" o‘yinning so‘ngida, ya'ni 82-daqiqada Daniele De Rossining penaltidan kiritgan goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

Bu uchrashuv Italiya terma jamoasining jahon chempionatlari saralash bosqichlari doirasida o‘tkazgan 50-uy uchrashuvi bo‘ldi. Bu o‘yinlardan 43 tasida italiyaliklar g‘alaba qozonishgan, 7 tasida durang natija qayd qilishgan.

Top