15:21 / 07.10.2016
6857

Kurdlar Iroq shimolida turklarning F-16 samolyotini urib tushirilgani haqida ma'lum qilishdi

Kurdlarning qurolli kuchlari vakili Iroqda Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti urib tushirilganini ma'lum qildi. Bu haqda Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) ma'lumotiga asoslanib, ANF News agentligi xabar bergan.

Urib tushirilgan samolyot KIPning Iroq shimolidagi Kandil tumanida joylashgan marralariga aviazarba berish uchun yo‘naltirilgan bo‘lgan. Voqea 6 oktabr kuni kechasi yuz bergan. Uchuvchining taqdiri haqida hech narsa ma'lum emas.

Joriy yilning 16 sentabr kuni kurd harbiy kuchlari Xakkayardagi turk harbiy bazasini minomyotdan o‘qqa tutgani videosini ommaga taqdim etgan edi. Hujum 5 sentabr kuni amalga oshirilgan. KIP harbiy bazasidagi Black Hawk vertolyotining uchtasi yo‘q qilingani va yana ikkitasi ishdan chiqarilganini ma'lum qilgan edi. Bundan tashqari, tasdiqlanishicha, hujum oqibatida o‘nlab turk harbiy xizmatchilari halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top