17:38 / 07.10.2016
27458

Toshkentdagi “Islom ota” jome' masjidi foydalanishga topshirildi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan «Islom ota» jome' masjidining (avvalgi “Jo‘rabek” jome' masjidi) yangidan barpo etilgan binosida ilk juma namozi ado etildi. Bu haqda qadriyat.uz xabar bermoqda.

Masjid binosi o‘tgan yili yong‘indan so‘ng tamoman yaroqsiz holga kelgan, masjid mutasaddilari va mahalla faollarining taklifiga binoan, Toshkent shahar hokimligi tarafidan masjidni yangidan qurishga ruxsat berilgan edi.

Masjid zamonaviy usulda qurilgan bo‘lib, qadimiy Sharq me'morchilik maktabi an'analarini ham o‘zida aks ettirgan. Masjid majmuasiga xonaqoh, yozgi ochiq ayvon, tahoratxona, kutubxona, imom va noiblar xonasidan iborat.

Eslatib o‘tamiz: Masjidni tiklash ishlari o‘tgan yilning so‘ngida boshlanib 9 oy davom etdi. Bugun jome' masjidining umumiy maydoni qariyb ikki barobar oshgan bo‘lib, 2900 kvadrat metrdan 5400 kvadrat metrgacha kattalashdi. Endi masjidda 560 kishi namoz amallarini ado etishi mumkin. 

Masjidning asosiy binosi balandligi 22,1 metrni tashkil etuvchi gumbaz, 36,65 metrlik katta minora va har birining balandligi 10,82 metr bo‘lgan to‘rtta kichik minoralardan iborat.

Fotogalereya: «Islom ota» jome' masjidi restavratsiyadan so‘ng qayta ochilish arafasida 

Top