14:12 / 07.10.2016
31747

Junior - internet tarmoqlarining yangi yulduzi

Internet tarmoqlarida yangi yulduzcha paydo bo‘ldi. Uning ismi Junior bo‘lib, bolakay o‘zining qalin sochlari tufayli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lib ketdi. U 9 hafta ilgari dunyoga kelgan. Bu haqida "L!FE" nashri ma'lum qildi. 

Bolakayning onasi Chelsining aytishicha, Junior dunyoga kelganida doyalar uning sochi qalinligini ko‘rib, hayratga tushishgan. Hozir ham Juniorning sochlari juda tez o‘smoqda.

 Manbaga ko‘ra, ona-bola hatto supermarketga tinch chiqib kela olishmaydi: bolakay barchaning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. 

Bu Junior bilan bog‘liq yagona qiyinchilik emas: Chelsi o‘g‘lini cho‘miltirganidan so‘ng uning sochini fen bilan quritishiga to‘g‘ri keladi. Bunday sochlarning tabiiy yo‘l bilan qurishiga esa juda uzoq vaqt ketadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu ajoyib bolakayni "ayiqcha", deb atashmoqda. 

Top