18:57 / 08.10.2016
6756

Hindistonda 40dan ortiq bola yapon ensefaliti qurboniga aylandi

Foto: newinform.com

So‘nggi 3 haftada Hindiston sharqidagi Odishya shtatida besh yoshgacha bo‘lgan kamida 40 nafar bola yapon ensefaliti xastaligidan vafot etgan. Bu haqda, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda. 

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, "o‘lim bilan tugashi mumkin bo‘lgan xavfli kasallik Malkangiri okrugida tarqalgan. Bu yerda 38 bola halok bo‘lgan, 60dan ortig‘i shifoxonaga yotqizilgan". 

Okrugning 33dan ortiq aholi punktida virus tashuvchi chivinlar ko‘pligi aniqlangan. Ular, kasallikni cho‘chqalardan odamlarga yuqtiradi. 

Yapon ensefaliti – inson bosh miyasini zararlovchi og‘ir infeksiyali kasallik turi hisoblanadi. Kasallikning birinchi haftasida 40-70 foiz hollarda o‘lim qayd etilishi mumkin. 

Top