20:28 / 09.10.2016
17203

Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

3 oktabrning eng muhim xabarlari

O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 23 sentabrdagi PQ–2610 sonli qarori bilan alkogolli ichimliklar, qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlarni chakana savdo bilan shug‘ullanish huquqidan olinuvchi yig‘imlar tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum, WEF) har yili jahonning eng yuqori soliq to‘lovchi mamlakatlari reytingini tuzadi. WEF joriy yilning eng yuqori soliq to‘lagan davlatlari reytingini e'lon qildi.

Britaniyaning Oksford va Kembrij Universiteti hamda London Qirollik Universiteti va kolleji shifokorlari Odam immuntanqisligi virusi infeksiyasidan zararlangan katta yoshli kishini davolashning uddasidan chiqqanlarini ma'lum qilishdi.

IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyni va uning 3 nafar sherigini zaharlashgan. Bu haqda Erondagi Press TV telekanali nomini sir tutishni so‘ragan manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Qozog‘istonning Olma-ota aeroportida simob moddasining quyilishi oqibatida odamlar ko‘chirildi, deya xabar qilgan BNews.kz agentligi aeroport matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

4 oktabrning eng muhim xabarlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 sentabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi boshqaruv apparatiga kiritilgan o‘zgartishlar tasdiqlandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston poytaxti Ostonaga keldi. Putin Ostonada Mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.

4 oktabr ertalab Malayziya sharqidagi Tavau shahridagi maktablardan birining tomiga bortida 14 harbiy bo‘lgan Sikorsky S-61 vertolyoti qulab tushdi.

IShID rahbarlarining maxfiy uchrashuvi o‘zaro janjal va otishmalar bilan tugadi. Bu haqida The Daily Star xabar berdi.

GM Uzbekistan kompaniyasi 30 sentabr kuni Belarusda Ravon brendini namoyish qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati feysbukdagi rasmiy sahifa orqali ma'lum qilgan.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

5 oktabrning eng muhim xabarlari

Toshkentning Sergeli tumanida 6ta metro bekati va 500 yangi turar joy binolari quriladi. Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sergeli tumani hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev shu haqida ma'lum qildi.

5 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 5 oktabr kuni 40 yoshga to‘ldi. U 1976 yilda Tsentaroyda tavallud topgan. 1990 yillarda u o‘z otasi - nufuzli muftiy Ahmad Qodirovning shaxsiy tansoqchisi bo‘lgan.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

6 oktabrning eng muhim xabarlari

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 5 oktabr, chorshanba kuni Bryusselda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Sergeli tumanida 500 ta ko‘p qavatli uy barpo etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 6 oktabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi va bu yerda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Interbrand Corp konsalting agentligi 2015 yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

7 oktabrning eng muhim xabarlari

Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan «Islom ota» jome' masjidining (avvalgi “Jo‘rabek” jome' masjidi) yangidan barpo etilgan binosida ilk juma namozi ado etildi.

2016 yil 7 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 64 yoshga to‘ldi. Rossiya davlat rahbari lavozimida uchinchi muddatini o‘tayotgan Putin jahon hamjamiyatiga o‘z mamlakatining haqiqiy yetakchisi ekanini isbotladi.

2015 yil uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga FARC tashkiloti bilan 52 yil davom etgan ziddiyatlarni bartaraf etishga urinishlari uchun beriladigan bo‘ldi.

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko jazo muddatini qamoqda o‘tkazayotganlarga internet tarmog‘idan foydalanishlariga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

8 oktabrning eng muhim xabarlari

Polsha Rossiyaning harbiy sohadagi harakatlaridan xavotirga tushib, o‘z qurolli kuchlarini tayyor holatda ushlab turibdi.

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Gruziyadagi parlament saylovlaridan so‘ng, vataniga qaytish qarorini o‘zgartirdi.

Rossiya mudofaa vazirligi Kaliningrad viloyatiga «Iskander-M» raketa majmualarini joylashtirishga buyruq berdi.

Maxfiy ma'lumotlarni oshkor etishga ixtisoslashgan WikiLeaks sayti AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podestaning elektron maktublarining bir qismini e'lon qildi.

Yaponiyaning janubi-g‘arbida joylashgan Aso vulqoni otildi, deb ma'lum qildi 8 oktabrda Yaponiya bosh meteorologik boshqarmasi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

Top