Xitoy o‘z ishlanmalari evaziga "ishonchsiz" internet-texnologiyalarni almashtirish strategiyasini yaratishni tezlashtirishi kerak. Bu fikrni Xitoy raisi Si Tszinpin bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Biz o‘z ishlab chiqarishimiz va axborot texnologiyalarining himoya qilinuvchi va nazorat qilinuvchi tizimini yaratish va takomillashtirishni tezlatishimiz kerak", deb aytdi Tszinpin.
Uning aytishicha, Xitoy bu sohada katta muvaffaqiyatlarga erishdi, biroq boshqa davlatlarda kuzatiladigan xavfsizlik darajasiga yetmagan.