09:21 / 09.10.2016
9041

Kondoliza Rays: Yetar! Donald Tramp prezident bo‘lishi kerakmas

AQShning sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays feysbukdagi sahifasida milliarder Donald Trampni AQSh prezidenti lavozimiga saylovlarda Respublikachilar partiyasi nomzodi sifatida taqdim qilinishiga qarshi chiqdi.

"Yetar! Donald Tramp prezident bo‘lishi kerakmas. U o‘z nomzodini qaytarib olishi kerak", deb yozgan Rays.

Rays, shuningdek, respublikachi sifatida "sha'ni bor va Yerdagi eng buyuk demokratiyaning eng yuqori lavozimini egallash ko‘lamiga" ega nomzodni qo‘llab-quvvatlamoqchi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.   

Bundan avvalroq Tramp prezidentlik poygasidan hech qachon chiqmasligini aytib o‘tggandi. 

Mavzuga oid
Top