14:13 / 09.10.2016
4180

Mercedes jamoasi «Formula-1» mavsumida muddatidan oldin chempion bo‘ldi

Foto: epa/vostock-photo

Mercedes AMG jamoasi uchinchi marta Konstruktorlar Kubogini - «Formula-1» mavsumida jamoa hisobida birinchilik uchun yutuqni qo‘lga kiritdi.

Kubok jamoaga mavsum yakunlanmasidan, muddatidan oldin topshiriladi. Jamoaning 2 piloti Nik Rosberg Lyuis Hemilton Yaponiyadagi Gran Prida podiumga ko‘tarildi.

Yaponiyada to‘plangan ochkolardan keyin   Mercedes ochkolari soni 593taga yetdi. Endi ta'qib qilayotgan Red Bull (385 ochko) bu farqni yo‘qqa chiqara olmaydi.

Shaxsiy hisob bo‘yicha Rosberg peshqadam, u endilikda Hemiltonni 33 ochkoga ortda qoldirmoqda (Mercedes pilotlari mos ravishda 313 va 280 ochkodan to‘plagan). Daniel Rikkyardo 212 ochko bilan uchinchi bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid
Top