15:32 / 09.10.2016
9768

Stiven Spilberg va Xitoy magnati Jyek Ma superkinostudiyaga asos solishdi

Foto: Getty Images

Rejissyor Stiven Spilbergning Amblin studiyasi va xitoylik milliarder Jyek Maning Alibaba Pictures kinokompaniyasi strategik hamkorlik haqida bitim imzolashdi. Bu hamkorlik asosida jahon va Xitoy auditoriyasi uchun kinokartinalar ishlab chiqariladi hamda moliyalashtiriladi. Bu haqida The Hollywood Reporter xabar berdi

Manbaga ko‘ra, mazkur bitim haqida Pekindagi tantanali marosimda e'lon qilingan. Yangi superstudiya Amblin filmlarining Xitoyda targ‘ib qilinishi hamda marketing bilan shug‘ullanadi, Alibaba Pictures esa Spilberg studiyasi filmlarini moliyalashtiradi. 

Kelishuv doirasida Alibaba Pictures kompaniyasi Amblin aksiyalarining minoritar paketiga ega bo‘ladi va direktorlar kengashiga o‘z vakilini kiritadi. 

Top