Turkiyaning janubi-sharqidagi Xakkari viloyati, Shemdinli tumanida joylashgan jandermeriya postida portlash sodir etildi. Bu haqda NTV telekanalida ma'lum qilingan.
Xabar qilinishicha, portlash oqibatida 6 harbiy halok bo‘lib, yana 7 kishi jarohatlangan.
Terakt uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi tashkilot zimmasiga olmadi.