16:58 / 10.10.2016
5216

Afg‘oniston janubida sodir etilgan portlash tufayli 14 kishi halok bo‘ldi

© AP Photo

Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyati hududida ro‘y bergan terakt 14 kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda AR axborot agentligi xabar qilgan.

Manba xabariga ko‘ra, portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil Lashkargoh shahrida "ko‘kka uchgan".

Qurbonlarning 10 nafari politsiya xodimlari, shuningdek, tinch aholi vakillaridan 4 kishi halok bo‘lgan.

Hukumat qurbonlar soni ortishi ehtimolini istisno etmagan.

Jarohatlanganlar soni haqida aniq ma'lum qilinmagan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech bir tashkilot zimmasiga olmadi.

Top