23:16 / 10.10.2016
9944

AQSh startapi birinchi bo‘lib "aqlli" turnik yaratdi

Foto: tjournal.ru

Mayamida joylashgan Forza startapi dunyoda birinchi bo‘lib "aqlli" turnik (tortilgich) – Smart Fitness Bar’ni taqdim qildi. 

TechCrunch nashrining hazil qilishicha, kompaniya "aqlli" turnikni buning uchun qandaydir antiqa texnologiyalar kerak bo‘lgani uchun emas, balki avvalroq hech kim bu foydali bo‘ladi, deb o‘ylamagani uchun dunyoda birinchi bo‘lib yaratdi.

Smart Fitness Bar turnigi Bluetooth orqali smartfonga ulanadi va barcha zarur ma'lumotni buning uchun maxsus yaratilgan dasturga jo‘natadi. Turnik nafaqat tortilish sonini, balki pulsni o‘lchaydi hamda yo‘qotilgan kaloriyalarni hisoblay oladi.

Turnik yaratuvchilarining fikricha, bunday qurilmalar foydalanuvchilarni ularning do‘stlari va tanishlarining joriy ko‘rsatkichlaridan o‘tishga undab, musobaqa kayfiyatini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

 

Mavzuga oid
Top