19:51 / 10.10.2016
8646

Belarus NATOning xatti-harakatlariga muvofiq armiyasi tayyorgarligini oshirmoqchi ekanligi ma'lum qilindi

Foto: © RIA

Belarus Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida NATO qo‘shinlarining joylashtirishini oqlamaydi va o‘z armiyasining tayyorgarligini oshirish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey aytib o‘tgan.

Minsk o‘z hamkorlarining maqsadini tushunishni istaydi, dedi u.

"Biz bu xatti-harakatlarni Belarus uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy xavf, deb o‘ylamaymiz, lekin biz buni chaqiruv deb hisoblaymiz va voqealarga munosib javob qidiramiz", - deb qo‘shimcha qildi TIV rahbari.

Makey NATOning kengaytirilishi haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini polshalik hamkasbi Vitold Vashchikovskiy bilan birga qatnashgan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.


 

Mavzuga oid
Top