10:37 / 10.10.2016
8175

XXR TIV: Xitoy va Rossiyaning Suriya va Afg‘oniston masalasi bo‘yicha qarashi bir xil

Foto: AP

Rossiya va Xitoy hukumatlari Suriya va Afg‘oniston masalasi yuzasidan bir xil qarashga ega. Bu haqda Xitoy TIV rahbari o‘rinbosari Li Baodun shunday bayonot bergan.

«Xitoy va Rossiya muhim xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan Suriya va Afg‘oniston masalasida bir xil qarashga ega. BMT XK doimiy a'zolari hisoblanuvchi ikki mamlakat xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha qarashlarini muvofiqlashtirib turadi», — deya Li Baodun so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Top