19:08 / 10.10.2016
5913

Xitoyda bayram haftaligiga oid ma'lumotlar e'lon qilindi

Foto: REUTERS

XXR tashkil etilganligi munosabati bilan e'lon qilingan bayram haftaligida 770 mlndan ortiq kishi sayohat qilgan. 

Xitoy Xalq Respublikasi 1949 yil 1 oktabrda e'lon qilingan edi. Shunga ko‘ra, 1-7 oktabr kunlari dam olish kunlari hisoblanadi. 

Mamlakat transport vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, “oltin haftalik” deb ataluvchi bayram haftaligida 649 milliondan ortiq inson yo‘llardan foydalangan, yana 13,2 million kishi suv bo‘ylab sayohatga chiqqan. Bu esa, o‘tgan yilning shu davriga oid raqamlardan 1,7 va 7,7 foizga ko‘p demakdir. 

Bunda, Sinxua agentligining China Railway Corp. kompaniyasi ma'lumotlariga tayangan holda xabar qilishicha, 28 sentabrdan 7 oktabrgacha bo‘lgan muddat davomida Xitoy temir yo‘llari xizmatidan 103,8 million kishi foydalangan.

Avvalroq, bayram kunlari 760 milliondan ortiq xitoylik sayyohat qilishni rejalashtirayotgani taxmin qilingan edi. 


 

Top