17:39 / 10.10.2016
5537

Pokistondagi nashr o‘z o‘quvchilarini O‘zbekistondagi prezidentlik saylovi haqida xabardor qildi

Foto: «Anons.uz»

Pokistonda nashr etiladigan “Dispatch News Desk” gazetasining veb-sahifasida O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovlari mavzusiga bag‘ishlangan maqola e'lon qilindi. Bu haqda Jahon axborot agentligi xabar bergan.

Unda 2016 yilning 4 dekabrida O‘zbekistonda Konstitutsiyaga muvofiq ravishda Prezident saylovlarining bo‘lib o‘tishi pokistonlik o‘quvchilarga ma'lum qilingan.

Maqolada “O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi mamlakat Prezidenti sayloviga to‘rtta partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar ishtirok etishi keltirib o‘tilgan. 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi mamlakat Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Sarvar Otamuratov, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z yetakchilari Narimon Umarov va Hotamjon Ketmonov nomzodlarini mamlakat Prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ilgari surgani” qalamga olingan.

Ta'kidlanganidek, Markaziy saylov komissiyasi saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalarga, saylovchilar ro‘yxatini tuzish hamda okrug saylov komissiyalarini shakllantirishga allaqachon kirishgan.

“Dispatch News Desk” mazkur maqolada O‘zbekiston ko‘p partiyali demokratik mamlakat hisoblanishini alohida qayd etgan.

Top