21:17 / 10.10.2016
16835

Ramzon Qodirov yana bir o‘g‘il farzandli bo‘ldi

Foto: ntv.ru

Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov Ramzon Qodirov oilasida o‘g‘il farzand dunyoga kelganini ma'lum qildi.  

"Qadrdon do‘stlar. Bugun mening qadrdon og‘am, Checheniston rahbari, Rossiya Qahramoni Ramzon Ahmadovich Qodirovning uyiga katta baxt keldi – Tangrining inoyati bilan u Abdulloh degan o‘g‘il farzandli bo‘ldi – Qodirovlar buyuk sulolasining yana bir davomchisi, mening aziz jiyanim!", deb yozdi Daudov instagramda.

Qodirovning 6 qizi va 3 o‘g‘li hamda 2 nafar asrab olgan farzandi bor. Endi ular yana bitta vakilga ko‘paydi.

 

Top