19:18 / 10.10.2016
15167

Samvel Babayan: «Ortga yo‘l yo‘q»

Foto: maydon.uz

O‘zbekiston - Xitoy o‘yinidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumanining birinchi qismida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Server Jyeparov ishtirok etdi.

Samvel Babayan:
— Xitoy Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan jamoa. Shu sababli ham bizga oson bo‘lmaydi.

Server Jyeparov:
— Xitoy biz uchun azaldan qiyin raqib bo‘lib kelgan. Ertaga har ikki jamoaga oson bo‘lmaydi.

J: — Sergeyev, Sardor Rashidov va Islom To‘xtaxo‘jayevning o‘yinida pasayish yuzaga kelgani sizga ham sezilyaptimi?
M: — Sergeyev, Sardor Rashidov, To‘xtaxo‘jayev jamoamizning muhim o‘yinchilaridan hisoblanadi. To‘g‘ri, ular xato qilishmoqda. Ularga yetarlicha ko‘rsatmalar berganmiz.

J: — Jamoa o‘yinga qanchalik tayyor?
M: — Eronga qarshi o‘yinni unutib, ertangi o‘yinga tayorgarlik ko‘rdik. Oxirgi 3 o‘yinda biz o‘zimizning eng optimal holatimizga kela olmadik. Ya'ni eng kuchli tarkibni yig‘a olmadik. Aynan mana shu narsa bizga muammo tug‘dirmoqda.

J: — Xitoy terma jamoasi juda tezkor o‘yin namoyish etadi. Qarshi hujumlar sizni xavotirga qo‘ymayaptimi? Bundan tashqari o‘ng qanotga moslasha olmayotgan To‘xtaxo‘jayevni Davron Hoshimov bilan almashtirishingiz mumkinmi?
M: — Darhaqiqat, Xitoy juda ham tezkor o‘yin namoyish etadi. To‘xtaxo‘jayevning o‘yinida biroz pasayish kuzatilgani bor gap. Tarkib borasida yakuniy qarorni ertaga chiqaramiz. Ertaga biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Ortga yo‘l yo‘q. Muxlislarimizni xursand qilish uchun borimizni beramiz.

Mavzuga oid
Top