22:49 / 10.10.2016
29514

Soca-Cola va PepsiCo tibbiyot tashkilotlari bilan til biriktirgani fosh qilindi

Coca-Cola va PepsiCo kompaniyalari o‘z manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQShning 96 ta tibbiyot tashkiloti bilan til biriktirgan. Bunday xulosaga Boston universiteti mutaxassislari Deniyel Aaron va Mixael Zigel tomonidan tayyorlangan tergov natijalariga ko‘ra kelishdi. Bu haqda American Journal of Preventive Medicine nashriga iqtibos keltirgan holda Rambler News Service xabar bermoqda. 

Xususan, 2011 yildan 2015 yilgacha Coca-Cola Company va PepsiCo kompaniyalari sog‘liqni saqlash tashkilotlari hisob raqamlariga pul o‘tkazganlari aniqlandi. Bu tashkilotlardan ko‘pchiligi semirishga qarshi kurash bilan shug‘ullanadilar.

Shuningdek, ushbu davr davomida kompaniyalar sog‘liqni saqlash sohasidagi 29 ta, jumladan ortiqcha vaznga qarshi kurashish va shirin gazlangan ichimliklar iste'molini kamaytirishga qaratilgan qonun loyihalariga qarshi ovoz berishni qo‘llab-quvvatlashgan. 

Tergov natijalariga ko‘ra, Coca-Cola bu maqsadda 2011-2014 yillarda 6 mln dollar, PepsiCo esa 3 mln dollar sarflagan. 96 ta tashkilotdan 12 tasi ikkala kompaniyadan ham, bittasi faqatgina PepsiCo’dan va 83 tasi Coca-Cola’dan mablag‘ olib turgan.

Ta'kidlanishicha,  Coca-Cola homiylik mablag‘larini oluvchi kompaniyalar ro‘yxatini ma'lum qilgan, PepsiCo esa bunday qilmagan.

 

Mavzuga oid
Top