22:59 / 10.10.2016
6545

SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasi portlashi sababini bilishga yaqin turibdi

SpaceX kompaniyasi prezidenti Gven Shotvell kompaniya 1 sentabrda Falcon 9 raketasining portlashi sababini bilishga yaqinlashganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Spacenews portali.

9 oktabrda Milliy muhandislik akademiyasining har yilgi uchrashuvida Shotvell voqea raketaning konstruksiyasidagi xatoliklar tufayli yuz bermagani taxminini bildirdi. "Mening fikrimcha, e'tiborni raketa yoki uni loyihalashdagi muammolarga emas, biznes-jarayonlar  bilan bog‘liq muammolarga qaratish kerak", deb aytdi Shotvell.

Shotvell qanday muammolar portlash sababi sifatida qaralayotgani haqida tafsilotlarga berilmadi. 

Avvalroq kompaniya raketa kislorod balloni ishidagi nosozlik tufayli yuz berganini, keyinroq esa bunda raqobatchilar "qo‘li borligini" ma'lum qilgandi.  

 

Mavzuga oid
Top