17:32 / 10.10.2016
4222

“Tashkent Challenger – 2016” an'anaviy xalqaro turniri boshlandi

Foto: Kun.uz

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan “Tashkent Challenger – 2016” an'anaviy xalqaro turniri boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Nufuzli musobaqada yigirmaga yaqin davlat vakillari yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. 

Bu yilgi musobaqada dunyo reytingida yuqori pog‘onalarni egallab turgan chexiyalik Irji Veseli, fransiyalik Jyeremi Shardi, litvalik Rikardas Berankis, rossiyalik Yevgeniy Donskoy va Konstantin Kravchuk, o‘tgan yilgi turnir finalchisi, slovakiyalik Lukash Latsko singari tajribali tennischilar ishtirok etmoqda.

Turnirda Denis Istomin, Sanjar Fayziyev, Jo‘rabek Karimov, Humoyun  Sultonov kabi tennischilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.

Top