00:00 / 11.10.2016
7617

Deniyel Kreyg Jyeyms Bond roliga qaytishiga ishora qildi

Foto: Telegraph.co.uk

Agent 007 haqidagi to‘rtta filmda bosh qahramonni gavdalantirgan britaniyalik aktyor Deniyel Kreyg Jyeyms Bond roliga qaytish ehtimoli borligiga ishora qildi, deb xabar qiladi The Guardian. 

Avvalroq, aktyor yana qayta Jyeyms Bond rolini ijro etgandan ko‘ra, qon tomirlarini uzib tashlashini ma'lum qilgan edi.

«Menga bu ish yoqadi. Men undan katta rohat olaman. Yana shunday rohat olishda davom etsam, men Bond rolini ijro etaman», — deydi Kreyg The New Yorker jurnalining an'anaviy festivalidagi chiqishi chog‘ida.

U Bondni talqin etish — dunyodagi eng yaxshi ish ekanligini qayd etdi. «Bunda o‘xshash boshqa ish yo‘q», — deydi u.

Sentyabr oxirida agent 007 filmining ijrochi  prodyuseri Kallem Makdugal ijodkorlar Kreygning ishga qaytishidan umidvorligini va u rol uchun eng yaxshi nomzodligini aytib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Bond rolini Kreygdan tashqari, Shon Konneri, Jorj Lezenbi, Rojyer Mur, Timoti Dalton va Pirs Brosnan ijro etishgan.

Mavzuga oid
Top