11:33 / 11.10.2016
12466

Xamesning onasiga: «Jonsiz o‘g‘lingni ko‘rishni istaysanmi?»

«Real» jamoasining kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodrigesning onasi Pilar Rubio o‘z o‘g‘liga o‘lim bilan tahdid qilishgani haqida xabar berdi.

Rubioning tvitterdagi akkauntiga anonim foydalanuvchi tomonidan tahdidona so‘zlar ilova qilingan pistolet va o‘qlar surati yuborilgan. Bu tvitda shunday yozilgan: «Xamesning jasadini ko‘rishni istaysanmi? Men sening uyingga boraman, sening barcha sevimlilaring bilan xayrlashaman».

Bu anonim akkaunt bir necha oy oldin ochilgan, lekin bir necha kun oldin yopilgan.

Ba'zi manbalarga ko‘ra, futbolchiga Kolumbiyada odam o‘g‘irlash, xakerlik hujumlari uyushtirish, shantaj qilish hamda tovlamachilik bilan shug‘ullanuvchi Legion Holk tashkiloti a'zosi tahdid qilgan bo‘lishi mumkin.

Xames jarohat tufayli Kolumbiya terma jamoasi safida JCh-2018 saralashi doirasida Paragvay (1:0) va  Urugvay terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olmaydigan bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top