11:13 / 11.10.2016
11827

Keksalardagi aqli zaiflikka sabab bo‘luvchi bosh omil ma'lum qilindi

Foto: Globallookpress.com

AQShlik shifokorlar ko‘pchilik insonlar, ayniqsa o‘rta yoshlilarda yuqori qon bosimining uzoq istiqboldagi salbiy oqibatini e'lon qilishdi. Ushbu tadqiqot haqida Hypertension jurnalida chop etilgan maqolada so‘z yuritilgan. 

Olimlarning ta'kidlaricha, yuqori qon bosimi — keksa yoshda yurak-qon aylanish tizimi bilan bog‘liq aqliy xastaliklar rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. U shuningdek, insult va Altsgeymer kasalliklariga sabab bo‘ladi. 

Yuqori qon bosimi bosh miya tomirlariga keluvchi qon oqimini buzadi, bu esa inson asab tizimining ishlashiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 

Olimlar keksa kishilarda aqli zaiflik rivojlanishi sabablariga oid tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga kelishgan. 

Hozirgi vaqtda, dunyoda 40 millionga yaqin inson orttirilgan aqli zaiflikdan aziyat chekadi. Ularning 80 foiziga bosh miya qon aylanish tizimi yoki Altsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan. 2050 yilga kelib, olimlarning taxmin qilishlaricha, aholining umumiy qarishi, o‘rtacha umr ko‘rishning uzayishi va davolashning imkoni bo‘lmasligi sababli, bunday bemorlar soni 3 baravar ortishi mumkin. 

Top