15:23 / 11.10.2016
5766

Lyuksemburg bosh vaziri Yevroittifoq chegaralarini bir kunga yopishni taklif qildi

Foto: AP

Lyuksemburg bosh vaziri Ksave Bettel bir kecha-kunduzga Yevroittifoq ichidagi chegaralarni yopishni taklif qildi. Bu haqida Bloomberg xabar berdi

Bosh vazirning fikricha, bu navbatda turib o‘rganmagan saylovchilarni shokka tushiradi. Shundagina ular vizasiz harakatlanishning ustunliklarini qadrlay boshlashadi. 

"Chegaralarni bir kunga yopish odamlarga Italiya yoki Ispaniyaga kirish uchun ikki soatlab navbat kutish qanday bo‘lishini ko‘rsatar edi. Ular shu tariqa Yevropa Ittifoqi hududidan tashqaridagi odamlarning qanday yashayotganini tushunar edilar", - dedi Bettel. 

"Gapirayotgan gapim kimgadir g‘alati tuyulishi mumkin, biroq odamlar buni tushunib yetishsa, yaxshi bo‘lardi", - deya qo‘shimcha qildi u. 

Lyuksemburg bosh vaziri Parijdagi konferensiya davomida Yevroittifoq Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi masalasida qat'iy pozitsiyani egallashi kerakligini ta'kidladi. 

"Buyuk Britaniya Yevroittifoqda bo‘lgan paytida uni tark etish haqida o‘ylardi. Chiqib bo‘lgach esa, qanday qilib qolish to‘g‘risida o‘ylay boshlashdi, biroq biz "hammasi murakkab" maqomini o‘rnatish mumkin bo‘lgan Facebook tarmog‘i emasmiz", - dedi Bettel. 

Mavzuga oid
Top