20:56 / 11.10.2016
6794

Obama: AQSh 2030 yilgacha Marsga odam yubormoqchi

Foto: india.com

AQSh prezidenti Barak Obama Vashington 2030 yilgacha Marsga odam yubormoqchi ekanligini ma'lum qildi. 

Obama CNN saytida yozgan maqolasida AQSh xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda Marsga boshqariluvchi parvozni amalga oshirmoqchiligni yozgan.

"Biz oldimizga AQShning koinotdagi tarixining keyingi bobi uchun o‘ta muhim bo‘lgan aniq maqsadni qo‘ydik, ya'ni 2030 yilgacha Marsga odamlarni yuborib, ularni yana Yerga muvaffaqiyatli qaytarish hamda u yerda kimnidir uzoq vaqtga qoldirish maqsad qilingan", deb aytdi Obama.

 

Mavzuga oid
Top