08:30 / 11.10.2016
3729

Pekinda 7-Syanshan xavfsizlik forumi ochildi

Foto: © Fotolia

11 oktabrda Pekinda 7-Syanshan xavfsizlik forumi ochildi. Forum joriy yilda "muloqot va hamkorlik vositasida xalqaro munosabatlarning yangi turini qurish" mavzusi ostida bo‘lib o‘tadi.

Forum tashkilotchilarining ma'lumotlariga ko‘ra, forum ishida deyarli 60 ta davlatdan kuch boshqarmalari va tuzilmalari, ekspertlar jamiyatidan 500 dan ko‘proq delegatlar ishtirok etadi.   

Ikki kunlik forumda qurolli kuchlarning global boshqaruvdagi roli, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlikka yangi tahdidlarga javob berish, dengiz hamkorligi sohasida hamkorlik va terrorchilikning xalqaro tahdidlari va ularga qarshi choralar kabi masalalarga bag‘ishlanadi.  

Forumning ishi Xitoy mudofaa vaziri Chan Vantsyuanning nutqi bilan boshlandi.

Xitoy mudofaa vazirligi tashkilotchiligida o‘tkaziladigan Syanshan xavfsizlik forumining birinchisi 2006 yilda bo‘lib o‘tgan. 2015 yildan forum har yili o‘tkaziladigan bo‘lgan. 

 

Top