12:25 / 11.10.2016
6443

Singapur Shveytsariya bankining sho‘'basini yopdi

Foto: bbc.com

Singapur Markaziy banki Shveytsariyaning mamlakatda faoliyat yurituvchi banki bo‘limiga berilgan litsenziyani qaytarib oldi. Bank Malayziyaga tegishli 1MDB davlat fondining firibgarlik amaliyotlariga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Avvalroq, Singapur moliyaviy boshqaruvi Malayziyaning 1MDB davlat jamg‘armasi bilan bog‘liq firibgarliklarga aloqasi bo‘lgani uchun Shveytsariyaning yana bir moliyaviy muassasasi BSI faoliyatini to‘xtatgan edi. Keyinchalik, BSI bankining ikki nafar sobiq xodimiga hujjatlarni soxtalashtirish va shubhali bitimlarni tuzish aybi ilgari surilgandi. 

Singapur pul-kredit boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, Shveytsariyaning Falcon banki bo‘limiga berilgan litsenziyaning qaytarilishiga, noqonuniy pul o‘tkazmalariga qarshi kurash choralarining qo‘pol ravishda buzilishi hamda bankning Shveytsariyadagi bosh idorasi va Singapurdagi rahbarlari axloqiy me'yorlarga rioya qilmagani sabab bo‘lgan. 

Bundan tashqari, 1MDB bilan bog‘liq firibgarliklarga aloqador bo‘lgan mahalliy DBS va UBS banklariga ham jarimalar tayinlangan. 

Top