16:11 / 12.10.2016
5954

Abdulaziz Komilov YuNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi yangi rahbarini qabul qildi

Foto: MFA.uz

2016 yilning 12 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bolalar jamg‘armasining (YuNISEF) O‘zbekistondagi Vakolatxonasi yangi rahbari Sasha Graumanni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

S.Grauman o‘zining O‘zbekistonga tayinlanishi to‘g‘risidagi YuNISEF Ijrochi direktori Entoni Leykning xatini Vazirga topshirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va YuNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Suhbat chog‘ida 15 aprelda imzolangan 2016-2020-yillarda YuNISEFning O‘zbekistonga oid hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishidan tomonlar manfaatdor ekanligi bildirildi.
 

Top