19:45 / 12.10.2016
7421

Eronda AQSh prezidentlik telebahslari namoyish etildi

Foto: © AFP

Eronliklar «Kartadan yasalgan uycha» va prezidentlik saylovlarining uzviy qismi bo‘lgan telebahslar yordamida AQSh siyosatini o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Ikki haftalar muqaddam Namayesh telekanali Kevin Speysi ijrosidagi Frenk Andervudning Amerika hukumati cho‘qqisiga qanday ko‘tarilgani haqida hikoya qiluvchi serial qismlarini namoyish eta boshladi. 

Bundan tashqari, IRINN yangiliklar kanali respublika tarixida birinchi marta Hillari Klinton va Donald Tramp ishtirokidagi Amerika prezidentlik debatlarini jonli efirda namoyish etdi. 

Aytish joizki, Eronda G‘arbda ishlangan filmlar birinchi marta namoyish etilayotgani yo‘q. Masalan, hozirda Namayesh telekanalida Amerikaning «Ertaga bugundan boshlanadi» seriali va BBS telekompaniyasining fizik Mari Kyuri hayoti haqidagi filmini tomosha qilish mumkin.

 

Top