21:29 / 12.10.2016
8583

IShID Kobuldagi masjidga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Foto: REUTERS

IShID jangarilari Kobuldagi shia masjidiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, 12 oktabrda politsiya kiyimida bo‘lgan va qurollangan uch  kishi imom Ali masjidiga kirib ibodat qilayotganlar o‘q uzgan. Bosqinchilardan biri portlovchi qurilmaga ega kamarini portlatgan.

Terakt oqibatida kamida 18 kishi, jumladan 4 ayol va 2 bola halok bo‘lgan, 50 dan ko‘proq kishi jarohatlangan. Hujum musulmonlar uchun muqaddas bayramlardan biri hisoblanuvchi Ashuro kuni nishonlanishi vaqtida sodir etilgan. 

 

Top