15:45 / 12.10.2016
14404

Isroil bir kunga tashqi dunyo bilan aloqalarini uzdi

Foto: Fotolia

Isroilliklar bir kunga tashqi dunyo bilan aloqalarini uzib, odatdagi faoliyatlariga chek qo‘yishdi. Yom Kipur diniy ro‘za kuni munosabati bilan xavfszlik choralari kuchaytirildi. 

Yom Kipur yoki Hukm kuni, yahudiylar an'anasiga ko‘ra, har bir insonning o‘tgan bir yildagi hayotiga yakun yasalib, kelgusi bir yillik taqdiri belgilanadi. Shu munosabat bilan, yahudiylar hayotning dunyoviy va jismoniy tarafini yoddan chiqarishlari kerak bo‘ladi. Ular, o‘tmishini mulohaza qilishlari va maxsus ibodatlarni ado etishlari lozim. 

Isroil hukumati Yom Kipur kunida chegara o‘tkazuv postlarini yopib, Falastinning Iordan daryosi g‘arbiy sohili va G‘azo sektorida "qamal tartibi"ni joriy qildi.

Shu bilan birga, Isroilning tashqi dunyo bilan havo va dengiz aloqasi to‘xtatilgan. Mamlakatning o‘zida idora va korxonalar, do‘konlar, restoranlar ishlamayapti.

Transport vositalari, shu jumladan xususiy avtomobillarsiz ko‘chalar huvillab qolgan. Mahalliy radio va telekanallar eshittirish hamda ko‘rsatuvlarni to‘xtatgan. 

Yom Kipur munosabati bilan politsiya minglab xodimlarini kuchaytirilgan xizmat tartibiga o‘tkazgan. 

Mavzuga oid
Top