20:50 / 12.10.2016
14256

Kechki dayjest: 12 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 12 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Rossiyaning yana bir shahridan Toshkentga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi


Foto: Ural Airlines

 

Rossiyaning «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi shu yilning 4 noyabridan boshlab Chelyabinsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘l qo‘yishni rejalashtirgan. Bu haqda, «Chelyabinsk» xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

>>> Batafsil.

Oliy Majlis Senati Amnistiya to‘g‘risidagi aktni qabul qildi


Foto: Senat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan amnistiyani qo‘llash to‘g‘risidagi aktni qabul qildi, deb xabar berdi 1news.uz sayti.

>>> Batafsil.

IShID Iroqda dronlardan foydalana boshladi


Foto: EPA

Iroqda IShID jangarilarining portlovchi moddalar joylangan drondan foydalanishi oqibatida ikki nafar fransuz askari jiddiy jarohatlangan, deb xabar qiladi Reuters agentligi.

>>>  Batafsil.

Singapur o‘z harbiylarini Avstraliya bazalarida tayyorlaydigan bo‘ldi

Singapur qurolli kuchlari o‘z harbiy xizmatchilarini Avstraliya hududida tayyorlaydi. 12 oktabr, chorshanba kuni Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull va  Singapur bosh vaziri Li Syan Lun o‘rtasidagi muzokaralar yakunida shunga kelishildi. Ternbullning ma'lum qilishicha, bunga doir bitim 13 oktabr, payshanba kuni imzolanadi, chunki ikki mamlakat ekspertlari bir qator texnik detallarni "rasmiylashtirishlari zarur".

>>> Batafsil.

Isroil bir kunga tashqi dunyo bilan aloqalarini uzdi


Foto: Fotolia

Isroilliklar bir kunga tashqi dunyo bilan aloqalarini uzib, odatdagi faoliyatlariga chek qo‘yishdi.

>>> Batafsil.

Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingi taqdim etildi


Foto: weforum.org

Jahon iqtisodiyot forumi (JIF) ekspertlari dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari nomini aniqlashdi. 141 davlatdan iborat reytingda yetakchilik Finlyandiyaga nasib etdi. Bu haqida JIF hisobotida ma'lum qilindi.

>>> Batafsil.

Nazarboyev bir muddat xalqaro uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi


Foto: © RIA Novosti

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev kelgusi haftada xalqaro anjumanlarda ishtirok eta olmaydi. Prezident matbuot kotibi Aydos Ukibayning so‘zlariga ko‘ra, bunga davlat rahbarining shamollab qolgani sabab bo‘lgan.

>>> Batafsil.

Sayyohlarni xona tozalashga majbur qilgan mehmonxona egasi qo‘lga olindi


Foto: RIA

Politsiya bepul yashash evaziga boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlarga xonalarini tozalashni majbur qilgan Yaponiya shimolidagi mehmonxona egasini hibsga oldi. Bu haqida TASS agentligi ma'lum qildi.

>>>  Batafsil.

Tatyana va Lola Karimova Minor masjidini ziyorat qilishdi


Foto: Vakillik.uz

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova va qizlari Lola Karimova 2016 yil 10 oktabr kuni shahrimiz markazida qad rostlagan “Minor” jome masjidini ziyorat qilish maqsadida tashrif buyurdi.

>>> Batafsil.

Buyuk Britaniyada o‘quvchi o‘zi ta'lim olayotgan maktabni yoqib yubordi


Foto: Telegraph

Buyuk Britaniyaning Bredford shahrida boshlang‘ich katolik maktabida ta'lim oluvchi o‘quvchiga o‘qituvchisi xayfsan e'lon qilgan. Bundan bolaning shu qadar jahli chiqqanki, u o‘ch olishni rejalashtirib, maktab binosiga o‘t qo‘ygan.  

>>> Batafsil.

WikiLeaks Klinton saylov kampaniyasi rahbari maktublarining navbatdagi qismini chop etdi


Foto: REUTERS

WikiLeaks portali AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton saylov kampaniyasi rahbari Jon Podesta maktublarining 4-qismini chop etdi. Bu haqda WikiLeaks tvitteridama'lum qilingan.

>>> Batafsil.

Xitoy Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ruxsat berish uchun o‘z shartini ilgari surdi


Foto: © AP

XXR hukumati mamlakat hududidan Facebook tarmog‘iga ulanish imkonini berishga tayyor. Buning uchun, ijtimoiy tarmoq rahbariyati mamlakat qonunchiligiga rioya qilishi kerak. Xitoy internet ishlari bo‘yicha devoni rahbari o‘rinbosari Jen Syanlyan maxsus matbuot anjumanida shunday bayonot bergan.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston armrestling bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatining kuchli o‘ntaligidan joy oldi


Foto: Federatsiya armrestlinga Uzbekistana

1-10 oktabrda Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida armrestling bo‘yicha 38- va para-armrestling bo‘yicha 19-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda 52 ta davlatdan 1200 ga yaqin sportchi, jumladan o‘zbekistonlik 29 sportchi ishtirok etdi, deb ma'lum qilindi O‘zbekiston armrestling federatsiyasida "Gazeta.uz" nashriga.

>>> Batafsil.

"Barselona" va "Real" o‘rtasidagi "El-Klassiko" sanasi ma'lum bo‘ldi


Foto: Pbcc

Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan "Barselona" va "Real" uchrashuvi sanasi ma'lum bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Top