10:07 / 12.10.2016
9643

Qurbonlik marosimini o‘tkazgan Iroq terma jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi

Foto: Twitter/FIFA World Cup

Iroq terma jamoasi futbolchilari 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Tailandni qabul qildi. O‘yin oldidan iroqlik futbolchilar qurbonlik marosimini o‘tkazib, qo‘y so‘yishdi.

Shu tariqa, futbolchilar mag‘lubiyatlardan iborat omadsiz seriyani tuzatmoqchi bo‘lishdi.

Qizig‘i, uchrashuvda Iroq Tailand darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritib, g‘alabaga erishdi.

Top