16:05 / 12.10.2016
15298

Nazarboyev bir muddat xalqaro uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev kelgusi haftada xalqaro anjumanlarda ishtirok eta olmaydi. Prezident matbuot kotibi Aydos Ukibayning so‘zlariga ko‘ra, bunga davlat rahbarining shamollab qolgani sabab bo‘lgan.

11 oktabrda Qozog‘iston davlat rahbari matbuot xizmati Nazarboyevning shamollagani tufayli davolanish kursini o‘tayotgani haqida xabar qilingan edi. 

"Davlat rahbarining kun tartibiga bir necha tuzatishlar kiritildi, shunga ko‘ra prezident hafta oxirigacha xalqaro anjumanlarda qatnashishni rejalashtirmayapti. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Yerevandagi yig‘ilishida Qozog‘iston bosh vaziri ishtirok etadi", — deb yozgan Ukibay prezident matbuot xizmatining Facebook sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik prezident odatdagi tartibda o‘z ishini davom ettiradi. 
 

Mavzuga oid
Top