19:04 / 12.10.2016
6045

WikiLeaks Klinton saylov kampaniyasi rahbari maktublarining navbatdagi qismini chop etdi

Foto: REUTERS

WikiLeaks portali AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton saylov kampaniyasi rahbari Jon Podesta maktublarining 4-qismini chop etdi. Bu haqda WikiLeaks tvitterida ma'lum qilingan. 4-qism deyarli 1,2 ming maktubdan iborat.

Hozircha WikiLeaks Podesta maktublarini yana qancha vaqt chop etib borishi noma'lum, deb xabar bermoqda The Hill. Ayni vaqtda 6 mingga yaqin maktub oshkor qilingan.

Klinton saylov kampaniyasi vakillari chop etilgan maktublarning haqiqiyligini tasdiqlashdan bosh tortmoqdalar.

Avvalroq WikiLeaks Podesta maktublarining dastlabki uchta qismini chop etgani ma'lum qilingandi. 

Shuningdek, Federal qidiruvlar byurosi Podesta elektron pochtasi buzilib kirilishini tergov qilmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top