08:14 / 13.10.2016
17401

Maykl Jyekson eng boy marhum mashhurlar reytingini boshqarmoqda

© EPA/STR, arxiv

Eng boy marhum mashhurlar reytingida Maykl Jyekson boshchilik qilmoqda. U ketma-ket to‘rtinchi yil shunday reytingda birinchi bo‘ldi. Bu haqda Forbes ma'lumotlarida keltirilgan.

Nashr xodimlarining hisoblashicha, 2009 yili vafot etgan "pop qiroli"ning merosi keltirgan daromad 2016 yilning 1 oktabri holatiga ko‘ra, 825 mln dollarni tashkil qilgan. Daromadning aksar qismi - 750 mln dollar Jyekson asosiy ulushga egalik qilgan Sony/ATV ovoz yozish kompaniyasidan kelgan.

Ikkinchi o‘rinda 2000 yili vafot etgan amerikalik rassom-karikaturachi Charlz Shults (Peanuts va Snupi haqidagi komikslar muallifi) qayd etilgan. Uning daromadi 48 mln dollarni tashkil qilgan.

Uchinchi pog‘onada shu yilning sentabrida olamdan o‘tgan professional golfchi Arnold Palmer qayd etildi. Uning natijasi 40 mln dollar.

To‘rtinchi o‘rinda esa 1977 yili vafot etgan Elvis Presli (27 million dollar) nomi joylashgan.

Kuchli beshlikni 25 million dollar "ishlab topgan" qo‘shiqchi va kompozitor Prints (Prins Rodjyers Nelson) yakunlab bergan.

Reytingga shuningdek musiqachi Bob Marli (1981 yili vafot etgan, 21 mln dollar) hamda qo‘shiqchi Devid Boui (shu yilning yanvarida vafot etgan, 10,5 mln dollar) nomlari kiritilgan.

Mavzuga oid
Top