17:40 / 13.10.2016
24432

Putin Yemelyanenkoning qiziga hujum qilingani haqida xabardor etildi

Foto: RT

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Aralash janglar san'ati (MMA) ittifoqi prezidenti Fyodor Yemelyanenkoning qiziga hujum qilingani haqida boxabar etildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

«Ha, biz prezidentga OAVda tarqalgan bu xabarlarni yetkazdik», — degan Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolaga hujum qilinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va bu ish jiddiy tekshiriladi.

«Bu hujumni kim sodir etgani bo‘yicha fikr bildirishdan qochishni tavsiya qilaman», — deya qayd etgan u.

Avvalroq Moskva politsiyasi Yemelyanenkoning voyaga yetmagan qiziga hujum qilinishi yuzasidan jinoyat ishi ochgani haqida xabar qilingandi.

Sportchining matbuot xizmati bu hujum haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

Top