09:24 / 13.10.2016
9899

Senat Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Foto: anhor.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati «O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Dilshod Urinbayevich Oripov, Qobiljon Xudoyberdiyevich Komilov va Nodir Muxammadiyevich Xudoyarov O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyalari etib saylansin.

2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Shuningdek, Senat «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida» qaror qabul qilgan.

Top