16:46 / 13.10.2016
9887

"Taxtlar o‘yini" qora tanli aktyorlarni kamsitishda ayblandi

Foto: Radiotimes.com

Martin Lyuter Kingning "Selma" dramasi orqali tanilgan britaniyalik aktyor Devid Oyyelouo Radio Times bilan suhbatda "Taxtlar o‘yini" yaratuvchisini tanqid ostiga oldi. Bu haqida Radio Times nashri ma'lum qildi

Devidning fikricha, film yaratuvchilarining qora tanli aktyorlarni faqat ikkinchi va uchinchi darajali rollarda tasvirga olganligini hech qanday so‘z bilan oqlab bo‘lmaydi. 

"Taxtlar o‘yini" qandaydir sabab bilan - qora tanli personajlar ikkinchi darajada paydo bo‘ladigan serial bo‘lsa-da, bu ular ishtirokidagi yorqin syujyet liniyalari bo‘lmasin, degani emas. Film yaratuvchilaridan bor-yo‘g‘i diqqatni ularga qaratishgina talab qilinardi", - deya izohlaydi Oyyelouo. 

Shunga qaramay, aktyor Hollivudda qora tanli aktyorlarni kamsitish holatlari nisbatan kamayganligini qo‘shimcha qildi. Misol tariqasida rejissyor Jyey Jyey Abramsning "Yulduzlar jangi"ga Jon Boyyeguning taklif qilinishini omadli qaror, deya baholaydi. Oyyelouoning fikricha, Britaniya serialidagi shifokor Kim roliga ham qora tanli aktyorni tanlash mumkin edi.

"Taxtlar o‘yini" seriali amerikalik yozuvchi Jorj Martinning "Muz va Gulxan qo‘shig‘i" asariga asoslangan. Undagi asosiy rollarni oq tanli aktyorlar - Piter Dinkleyj, Lina Hidi, Kit Harington, Emiliya Klark, Sofi Terner va Meysi Uilyamslar ijro etishgan. Ikkinchi darajali syujyet liniyalarida qora tanli aktyorlar - Lyusen Msamati (qaroqchi Sallador Saan) va Nonso Anozi (savdogar Ksaro Ksoan Daksos)larni ko‘rish mumkin. 

Mavzuga oid
Top