11:19 / 13.10.2016
4779

Venger: «Bolakaylar bilangina g‘alabalarga erishib bo‘lmaydi»

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger g‘alabalarga erishish uchun tajribali futbolchilar kerakligini aytib o‘tdi.

«Haqiqiy futbolchi taxminan 23 yoshga kelib to‘liq shakllanadi. Bu yoshgacha futbolchi tajriba to‘plashi, qanday ishlash kerakligini tushunib boradi.

Jamoada bir necha iqtidorli futbolchilarga ega bo‘lish mumkin, masalan, hozir bizdagi Ivobi va Belerin kabi. Lekin tarkibning asosiy qismi 23 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tuzilishi kerak.

Terma jamoalar misolida ko‘rish mumkin, bolakaylar bilan g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.

Chunki g‘alaba uchun ma'lum bir bosqichda ruhiy barqarorlikka ega bo‘lish lozim», degan Venger.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top