12:18 / 14.10.2016
4675

Xitoyda trisikl ishtirokidagi YTH tufayli 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Xitoyning Shandun viloyatidagi Tszaochjuan magistralida yuk mashinasi va trisikl ishtirokida yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda South China Mourning Post xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu YTH oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, trisiklda qurilishdan qaytayotgan ishchilar bo‘lgandi.

Aniqlik kiritilishicha, ularning 9 nafari voqea joyida, yana 2 kishi shifoxonada jon bergan.

YTH aybdori sifatida yuk mashinasi haydovchisi politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Top