19:38 / 14.10.2016
7400

Xitoylik ishqiboz MBA jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda katta pul yutib oldi

Foto: TV Shows

Xitoy poytaxti Pekinda Nyu-Orlean Pelikans – Xyuston Rokets jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan bahsning tanaffus vaqti ishqibozlardan birida yaxshigina pul ishlab olish imkoniyati vujudga keldi.

1 000 000 Xitoy yuani (150 000 AQSh dollari) miqdoridagi pulni yutib olish uchun maydon markazidan turib savatchaga to‘pni tushirish lozim edi.

Ushbu vazifani bajarish uchun ishqibozda bir nechta to‘p va belgilangan vaqt bor edi, ammo yigit ikkinchi urinishdanoq savatni nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Top