20:27 / 14.10.2016
12850

Kechki dayjest: 14 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 14 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi bahsli hududlarni o‘rgandi


Foto: Sputnik

 

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 yilning 5-14 oktabr kunlari Andijon va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

Andijon shahrida muhtasham “O‘zbegim” savdo va xizmat ko‘rsatish markazi ish boshladi

Bugun Andijon shahrida zamonaviy ko‘rinishdagi  “O‘zbegim” savdo markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga jamoatchilik va aholi vakillari tashrif buyurdilar.

>>> Batafsil.

Asad Suriya inqirozini hal etish yo‘lini ma'lum qildi


Foto: RIA

Suriya prezidenti Bashar Asadning bayonot berishicha, Suriya inqiroziga barham berish uchun to‘g‘ri kelgan odam bilan emas, balki yer yuzidagi terrorchilarga qarshi kurasha oladigan va ta'sirli siyosiy kuchlar bilan muzokaralar olib borish lozim.

>>> Batafsil.

Britaniyaliklar orasida Irlandiya pasportiga ega bo‘lishni xohlovchilar soni ikki barobar ortdi

Buyuk Britaniya fuqarolari orasida Irlandiya pasportini olish uchun kelib tushgan arizalar soni Brexit qaroridan keyin uch oy ichida ikki barobarga ko‘paydi. >>> Batafsil.

Obama Putinni «KGBning sobiq rahbari» deb atadi


Foto: AP

AQSh prezidenti Barak Obama, respublikachilarni tanqid qilish chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning avvalgi lavozimi borasida xato qildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

>>>  Batafsil.

Putin Suriyadagi havo kuchlarini qayta joylashtirishga ruxsat berdi


Foto: russian.rt.com

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Qurolli kuchlari aviatsiya guruhini boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha Suriya hukumati bilan imzolangan kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagiqonunni imzoladi.

>>>  Batafsil.

Tailandda qirolning o‘limidan keyingi vaziyat qanday?


Foto: AP

13 oktabr, payshanba kuni Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet hayotdan ko‘z yumdi, u 1946 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelgan.

>>> Batafsil.

Antaliyaga dengizdan turib raketa zarbasi berildi


Foto: CNN Turk

Turkiyaning Antaliya va Kemer shaharlari o‘rtasidagi trassaga raketa zarbasi berildi. Snaryad baliq mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘konga kelib tushgan. >>> Batafsil.

Xitoylik ayol folloverlari sonini ko‘paytirish maqsadida o‘z avtomobilini yoqib yubordi


Foto: Youtube/CCTV News


Xitoyning Dalyan (Lyaonin provinsiyasi) shahrida istiqomat qiluvchi ayol ko‘pchilikning e'tiborini jalb qilish maqsadida jonli efirda o‘z avtomobiliga o‘t qo‘ydi.

>>> Batafsil.

Moskvada birinchi qor yog‘di


Suratlar manbasi: Instagram.com

Rossiya poytaxti Moskva shahrida birinchi qor yog‘di, deb xabar qilmoqda «Gazeta.Ru».

>>> batafsil.

Shvetsiyada 3 g‘ildirakli elektromobil ishlab chiqariladi


Foto: motor.ru

Shvetsiyaning Uniti startapi uch g‘ildirakli Ingenious EV elektrokarini ishlab chiqishi uchun 800 ming dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

>>>  Batafsil.

Google mobil qurilmalarda boshqa natijalarni taqdim etadi


Foto: Kun.uz

Google qidiruv xizmati bir necha oydan beri mobil qurilmalar orqali qidirilayotgan so‘rovlar bo‘yicha alohida sahifalarni taqdim etish ustida ishlamoqda.

>>> Batafsil.

APLda sentabr oyining eng yaxshilari taqdirlandi

Angliya premer-ligasida odatga ko‘ra o‘tgan oyning eng yaxshilari taqdirlandi. «Liverpul» jamoasining 2 vakili, bosh murabbiy Yurgen Klopp eng yaxshi murabbiy sifatida, jamoa sardori Jordan Henderson esa eng chiroyli gol muallifi sifatida mukofotlandi, shuningdek, Adam Lallana oyning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar qatoridan joy oldi.

>>> Batafsil.

FIFA golni nishonlashdagi qo‘rqinchli harakat yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi

FIFA JCh-2018 saralashi doirasida Kot-d’Ivuar - Mali (3:1) uchrashuvida mezbonlar himoyachisi Serj Orening harakatlarini tekshiradi.

>>> Batafsil.

Top