21:22 / 14.10.2016
7959

Messi 30 yoshgacha bo‘lgan eng boy sportchilar ro‘yxatini boshqarmoqda

Foto: Reuters

Forbes nashri 30 yoshgacha bo‘lgan eng boy sportchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Bu ro‘yxatni «Barselona»ning argentinalik 29 yoshli hujumchisi Lionel Messi boshqarmoqda. 

Futbolchining yillik daromadi 73,7 mln yevroni tashkil qiladi. «Barselona» bilan shartnoma unga 53 mln yevroga yaqin mablag‘ keltiradi. Futbolchining daromadining qolgan qismi esa homiylik shartnomalari hisobiga. 2010 yilgacha argentinalik futbolchi sportchilar bilan shartnoma tuzadigan nufuzli kompaniyalar bilan (masalan, Pepsi va Adidas) shartnomalar tuzgan bo‘lsa, endilikda Messining yuzi istalgan firma posterlarini bezashi mumkin (Dolce & Gabbana, Gillette, Turkish Airlines va boshqalar).

Ikkinchi o‘rinni basketbolchi Kevin Dyurant (50,8 mln yevro), uchinchi o‘rinni tennischi Novak Jokovich (50,5 mln yevro) egallagan.

O‘nlikka amerikancha futbol vakillari Kem Nyuton (48 mln yevro) va Rassel Uilson (37,8 mln yevro), golfchilar Jordan Spis (47,8 mln yevro) hamda Rori Makilroy (38,5 mln yevro), Formula-1 piloti Sebastyan Fettel (37,1 mln yevro), futbolchilar Neymar (33,9 mln yevro) va Garet Beyl (32,5 mln yevro) ham kirgan.

Manba: Tribuna.uz

Top