15:51 / 14.10.2016
11761

OAV: Nigeriya prezidentining turmush o‘rtog‘i eriga ultimatum qo‘ydi

Foto: bbc.com

Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriyning turmush o‘rtog‘i Oysha  Buxoriy davlat rahbari hukumat tarkibini o‘zgartirmasa, keyingi saylovlarda erini qo‘llab-quvvatlamasligini aytib ogohlantirdi. Bu haqida VVS xabar berdi. 

U "mamlakat hukumatining amaldorlarni tayyorlash ortida turgan kishilar qurshovida qolgan"i to‘g‘risida fikr bildirdi. 

"Prezident vazirlar mahkamasiga tayinlangan 50 kishidan 45 nafarini yaxshi bilmaydi, men ham ularni tanimayman", - deydi Oysha Buxoriy. 

Muhammad Buxoriy o‘tgan yili Nigeriya prezidenti lavozimiga qayta saylangan. U o‘zining saylov oldi kampaniyasida mamlakatdagi korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikka qarshi kurashishga va'da bergan. 

Mavzuga oid
Top