07:44 / 14.10.2016
58417

“Tulpor Invest Group” uylari – sizning xotirjamligingiz uchun shinam maskanlar

Toshkent shahrida zamonaviy yashash joylari qurish bilan shug‘ullanadigan “Tulpor Invest Group” kompaniyasi “Shofayz” majmuasini qurib bitkazdi.

Majmua qo‘riqlanadigan hudud, yaqindagi maktab, bog‘cha, kollej, yoqilg‘i qo‘yish shoxobchasi, avtobus bekati va boshqa bir qancha qulayliklari bilan diqqatga sazovor.

“Shofayz” uylari 2 va 3 xonali bo‘lib, ularning qurilishida malakali mutaxassislar faoliyat olib borgan. Uylarning qurilishida sifatli va asl mahsulotlar ishlatilgan.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, binolarning barcha qavatlarida lift ishlaydi. Bu istiqomat qiluvchi har bir kishi uchun yanada qulaylik va osonlik tuhfa etadi. Bundan tashqari, yoz oqshomlarida majmua hududida suhbatlashish uchun maxsus joylar – ayvonchalar o‘rnatilgan.

Uy ichi ta'mirsiz bo‘lib, buning ham o‘ziga yarasha ma'nosi bor. Gap shundaki, bu holat xaridorning o‘zi uy dizaynini tanlashiga va uni o‘z ta'biga ko‘ra bezashiga imkon beradi. Uylar ta'miri uchun ham qurilish kompaniyasi barcha yordamni ko‘rsatadi.

Turar-joy majmuasida qo‘riqlov xizmati yo‘lga qo‘yilgan, chunki kompaniyaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan biri: “Xaridorning doimiy xotirjamligi va go‘zal hayot kechirishlari uchun xizmat qilish”.

“Tulpor Invest Group” kompaniyasi uylarini xarid qilish uchun to‘lovning istalgan turidan foydalanish mumkin. Puli to‘langan uy kaliti esa 2 ish kuni ichida o‘z egasiga topshiriladi.

Kompaniya menejyerlari haftada olti kun, soat 9:00dan 18:00gacha ishlaydi. Ular bizga aloqaga chiqishlari uchun esa qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki kompaniya ofisiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasi 27a-uy.
Telefon: +99898 306-60-70

Shu o‘rinda eslatib o‘tishni lozim bildik, “Tulpor Invest Group” yangiliklaridan xabardor bo‘lish uchun www.tulpor-invest.uz sayti yoki Facebook va Instagramm ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring.

Reklama huquqi asosida.

Top