19:34 / 14.10.2016
6226

United Airlines butun dunyo bo‘ylab parvozlarini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi

Foto: © Spencer Platt/Getty Image

United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlarining butun dunyo bo‘ylab parvozlarini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Bunga kompyuter tizimidagi nosozliklar sabab bo‘lgan. Bu haqida aviakompaniyaning Twitter'dagi sahifasida ma'lum qilindi. 

"Payshanba kuni kechqurun kompyuter tizimimiz ishdan chiqdi, bu reyslarning vaqtinchalik to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ldi. Biz muammoni hal qildik va yo‘lovchilarni imkon qadar tezroq belgilangan joyga yetkazish ustida ishlayapmiz", - deyiladi kompaniyaning Twitter'dagi sahifasida.

Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, reyslar bir necha soatga ushlanib qolgani tufayli ular samolyot borti hamda aeroportlarning kutish zallarida vaqt o‘tkazishga majbur bo‘lishgan. 

Aviakompaniyada tizimdagi nosozlikni mahalliy vaqt bilan tungi soat 3larda bartaraf etishga muvaffaq bo‘lingani haqida xabar qilishdi. 

Bu United Airlines kompyuter tizimining so‘nggi bir necha oy ichida uchinchi marta ishdan chiqishidir. Bunday holatlar jahonning boshqa yirik aviakompaniyalari tizimida ham kuzatiladi. 

 

Top